“O’zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan multfilm. Ssenariy muallifi taniqli kinorejissor Zulfiqor Musoqov ekan. Bosh rejissor Nozim To’laxo’jayev.
Multfilmning mazmuniga tushunish uchun ikki marta tomosha qildim. Tushunmadim, to’g'risi. Turli shakllardagi inson qiyofasini ochib berishmoqchi bo’lganmi? Balki, siz tushunarsiz.
Bir marta ko’rdim va qo’yidagi hulosaga keldim:
-buerda odamlarning erkin emasligi ko’rsatilgan. ideology , din erkinligi yo’qligi ko’rsatilgan. Boshida nasroniylik ko’rsatildi, keyin islom, undan keyin lenin va gitler. Keyin davlat kelib sochini kesib tashladi bunaqa qilmasin deb. qogan imkonyatlar bilan yana bir nimalar qilmoqchi bo’ldi. bu safar yana davlat aralashib hamma narsasini tortib oldi. qisqasi, oxirida bechora odamning sabri toshib ketdi va bir zarbada “davlat” sindirib tashladi. E’tibor bergan bo’lsayiz davlat “megalka”si yonib qoldi.
Yana kim biladi nimani ko’rsatmoqchi bo’lgan avtor.