Ushbu blog kaminaning shaxsiy sahifasi. Unda muallif ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va madaniy mavzularda fikr yuritadi. Shuningdek, boshqalar bilan baham ko’rishni istagan ichki kechinmalarim hamda ijod namunalarimni qo’yib borishni ham rejaga kiritganman.
Blogni ochishdan asosiy maqsad O’zbek tili o’quvchilari bilan ijtimoiy hayot, siyosat, ma’naviyat hamda ma’rifat mavzularida suhbatlashish. Voqealarga munosabat bildirishda shaxsiy nuqtai nazarga yondoshiladi. Chiqarilgan xulosalar biror guruh yoki doiraning rasmiy qarashi yoki yagona haqiqat sifatida da’vo qilinmaydi. Lekin xabar tarzida beriladigan yangiliklarda xolislikka alohida e’tibor qaratiladi. Bunda maqsad o’quvchida munosabatni shakllantirish emas, balki uni bo’lgan voqeadan xabardor qilish, xolos.
Diniy mavzularda bildirilgan munosabatlar, fikrlar faqat muallifga tegishli. Xatoliklar, noto’g’ri xulosalar bo’lsa, bunda qusur dindan emas, balki muallifning nodonligidan, deb bilinsin. Ushbu mavzuning nozikligini hamda mas’uliyatini his qilgan holda, ilmim yetmagan masala haqida yozishdan tiyilishga harakat qilaman.
Istalgan mavzuda xato yoki kamchilikka duch kelsangiz, muallifni zudlik bilan ogohlantirishingizni so’raymiz.
Bunda mavzular ostiga munosabat yozish orqali o’z so’zingizni qoldirishingiz mumkin. Blogimizga obuna bo’lishni ham unutmang.
Hurmat bilan,
Behzod Mamadiev.
Bu sayt Marifat’ni akasimi, ukasimi?
Bu sayt “Ma’rifat”ning yangi qiyofasi. “Ma’rifat”ni o’chirib yuborgandim. Ayrim yozganlarim, qo’yganlarim yoqmadi va umuman, yozishga hozir noqobil ekanimni sezib qoldim.
Keyinroq yana fikrlar o’zgardi. WordPressga ko’chdik.
Eski “Ma’rifat” ham joyida turibdi lekin.
Marifatga erishishdan oldingi bosqichlarimiz bor..shariat, tarikat keyin marifat..so’ng haqiqat!!
sardor
Siz qaysi bosqichdasiz hozir, Sardor aka?
Assalom alaykum sayt muallifi Behzod aka.
Men saytga to’satdan kirib qoldim. Bir ikkita maqolalarni ko’zdan kechirdim. Chakki emas, ishingizda professionallik ko’rinadi. Oxirgi paytlarda sust fikrlar yoziladigan o’zbek saytlarni ko’zdan kechiraverib o’zbekcha saytlarga umuman kirmaslikka ahd qilayozgan edim. Adashgan ekanman, bor ekan.
Ijodingizga barkamollik tilayman. Professional yozilgan maqolalarni kutib qolaman.
Va alaykum assalom, Rustam. Iliq munosabatingiz uchun tashakkur.
Albatta, internetdan o’zbek tilida ravon va ma’noli yozilgan narsani topish qiyin. Lekin kasbimiz shu, tilimiz shu. Qo’ldan kelgancha, yozishga harakat qilamiz.
Assalomu alaykum Bekzod aka manam bu saytga tusatdan kirib qoldim. kupdan beri shunaqa sayt qidirgandim chunki bunaqa tarbiyaga ega saytlarni hozirgi kunda topish juda mushkul. sizga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman.endi har doim internetga kirsam albatta bu saytda mehmon bulaman.
Va alaykum assalom, Zulfiya.
Rahmat sizga ham. Mana shunday iliq munosabatlaringiz ilhomimizga ilhom qo’shadi.
Yaxshi narsalardan yana yozib turishga harakat qilamiz. Siz esa kirib turing.