4:54 Oktabr ham kirib kelibdi. Vaqt suv kabi oqmoqda. Yana bir Ramazon kunini niyat qilib, saharlik qilib chiqdik. Birodarlar, kecha nega “party”da ko’rinmading, deb so’rashdi. 23:05 Bugun hech qayoqqa chiqmadim hisob. Peshingacha uxladim. Uyda Horun Yahyoning “Timelessness and the Reality of Fate” (Vaqtsizlik va taqdir haqiqati) deb nomlangan kitobini o’qiyapman. Judayam qiziq. Modda haqiqati, vaqt, [...]
Archive for the ‘KUNDALIK’ Category
Vaqtsizlik va taqdir haqiqati…
Posted in KUNDALIK, tagged Bugun, kitob, Taqdir, Vaqt on May 7, 2011 | Leave a Comment »
Imom Rabboniy dargohida
Posted in HINDISTON MANZARALARI, KUNDALIK, tagged Do'stlarim, Hindiston, O'tmish, Safar on April 22, 2011 | Leave a Comment »
23:06 Bugun tong sahar ikkiyu o’ttizlarda Chandigarh safaridan Dehliga qaytdik. So’nggi uch kun mobaynida men, Muzaffar aka va Ildus Chandigarhda turk birodarimiz Bahri abining uyida mehmon bo’ldik. Muzaffar aka bilan (Sirhind yo’lida) Chandigar Hindistonning Haryana va Panjob shtatlari poytaxti. 1947-yil Hindiston va Pokiston alohida davlat bo’lib ajralgach, Panjob poytaxti Lahor Pokiston davlati tarkibiga o’tib ketadi. [...]
IMTIHONLARNI QANDAY TOPSHIRGANMIZ?
Posted in CLASS ASSIGNMENTS, KUNDALIK, tagged Do'stlarim, Ta'lim on November 30, 2010 | Leave a Comment »
13:31. “Sport jurnalistikasi” fanidaman. Oraliq nazorat ishi yozar ekanmiz. Uning savollari quyidagicha: O’zbekiston milliy olimpiya qo’mitasi. Xalqaro olimpiya qo’mitasi. Olimpiada o’yinlari. Men bu savollarni bundan oldingi parada ikkinchi potok talabalaridan olib, yozib qo’yganman. Dars oxirrog’ida topshirib ketaman. Darsning boshida domladan ketish uchun javob so’ragani xonasiga kirsam, ruxsat bermadi. Xonada, uning yonida yana kimdir bor ekan [...]
NUJ: AFSONA VA HAQIQAT
Posted in CHAPEL HILLDA O'TGAN KUNLARIM, KUNDALIK, tagged Bugun, Chapel Hill, education, Urush on November 15, 2010 | Leave a Comment »
Noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) haqida ko’p eshitganmiz. Go’yoki o’zga sayyoraliklarga tegishli uchar tarelkalarni ko’rganlar haqidagi shov-shuvlar 90-yillar boshida O’zbekiston jurnallarini to’ldirgan edi. NUJlar rostdan bormi? Ilm-fan ular mavjudligini isbotlaganmi? Hozir bu savollarga javob yozmoqchi emasman. Zero, menda, to’g’risi, bularga javob yo’q. Ammo NUJlar AQSh kabi texnologik jihatdan rivojlangan o’lkalarning tajriba loyihalari bo’lishi mumkinligi haqida bir [...]
TALABALIK DAVRIMDAN BIR KUN…
Posted in KUNDALIK, tagged Do'stlarim, O'tmish on November 3, 2010 | 2 Comments »
21:18. Hozir uydaman. O’zim haqimda yozsam. Kecha kechqurun Qo’yliqda edim. Kechadan avval hamqishlog’im Iqbol akam Toshkentga kelgan edi. Uni ko’rgani bordim. Lekin asl maqsadim undan dadam berib yuborgan pulni olish edi. Oilamdan pul so’rashga so’rab qo’yib, ketin uyalib ketdim. Vijdonim qiynaldi. Chunki Toshkentda ekanimda ilgari hech qachon oilamdan pul so’ramaganman. Faqat uydan Toshkentga qaytayotganimdagina pul [...]
ABITURIENT–2001
Posted in KUNDALIK, tagged Behzod, education, O'tmish on October 28, 2010 | Leave a Comment »
Shu kuni Toshkentga ketdik: Xalqaro jurnalistika fakultetiga hujjatlarni topshirgani. 2001-yil, 5-iyul Kech soat 22 larda Toshkentdan keldik. Ey Xudo, imkon ber, o’qishga kiraylik… Ha, aytgandek, shu yili mening kitobim chiqdi: she’riy to’plam – “Ko’ngil sadolari”. Bu juda katta voqea, esdan chiqqanini qarang… Eh… 2001-yil, 6-iyul
KURASHIMIZGA TASANNO!
Posted in KUNDALIK, TARIX, tagged O'tmish, Vatan on October 21, 2010 | 2 Comments »
Televizorda bir kurashchining antiqa gapini eshitib qoldim. Menga yoqib qolgani uchun daftarimga kiritdim. Uning aytishicha, Xitoyga borganida bir dzyudochi bilan gaplashib qolibdi. U yurtdoshimizning kurashini ko’rib, shunday debdi: – Bu dzyudoning o’zi-ku! Qaysinisi bir-biridan olgan? – Dzyudoning paydo bo’lganiga 50 yil bo’lyapti. Lekin bizning milliy kurashimiz bir necha asrlik tarixga ega. – debdi kurashchimiz sipolik [...]
10/10/10
Posted in KUNDALIK on October 10, 2010 | Leave a Comment »
Today is 10/10/10. 10th day of the 10th month of 2010. I don’t know how you see it, but for me time is passing so fast. I don’t even feel the pace of time. Every time when a new week starts ahead of me, I keep saying that “Another week is starting”, but soon I [...]
VATANGA QAYTISH OLDIDAN…
Posted in KUNDALIK, tagged Bugun, Vaqt, Vatan, Xayol on April 20, 2010 | 3 Comments »
Ikkinchi semestr ham nihoyalanib qoldi. Nasib qilsa, bir necha kundan so’ng vatanga qaytaman. Shu kunlar juda bandman. Ketishim oldidan bitirishib kerak bo’lgan ishlarim ko’p. O’qish va safar tayyorgarligi. O’zbekistonda ham meni muhim vazifalar kutib turibdi. Yangi hayot ostonasidan hatlab o’tish arafasidaman… Allohim, qilayotgan ishlarimni men uchun xayrli qil. Yangi hayotga pok bo’lib kirishni va O’zing [...]
KANT MA’RIFAT HAQIDA
Posted in KUNDALIK, MA'RIFAT, tagged O'tmish on March 23, 2010 | Leave a Comment »
10:45. Kecha ishxonada navbatchi edim. Kech soat 00:20 larda gazeta bosmaxonadan chiqdi. Bosishga ruxsat, deb qo’l qo’yib, so’ng shofyorimiz Murod aka bilan uyga qaytdim. Kelganimda birdan oshgandi soat. Hozir ishxonadaman. Kech keldim. Ertalab bomdodni o’qib yana uyquga ketdim. Lekin yaxshi uxlolmadim, tushimga arbuz.com forumi kirib chiqdi, ko’rgan narsalarimni ham yaxshi eslolmayman… Bugun men uchun boshqacha [...]