ALHAMDULILLOH RABBIL OLAMIYN. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokot. Aziz vatandoshlarim. Sizlarga, sizlarning farzandingiz Boymirza Hayit murojaat qilmoqdadir. Aziz vatandoshlarim, 52 yil vatandan judolikda, Vatandan tashqari uzoq mamlakatlarda yashadim, millatim deya tushundim, butun borlig’imni, g’oyamni, vujudimni va fikr-hayotimni millatimizning taqdiri, o’tgan kunlari va kelajakdagi istiqboli deb, faoliyatlarda bo’lindim. Tabiiy, muhojirlikning achchiq-chuchuk shartlari, Vatansizlik, boshqa millatlar [...]
Archive for the ‘MA'RIFAT’ Category
Boymirza HAYIT: XALQIMGA SO’Z
Posted in MA'RIFAT, MATBUOT, TARIX, tagged Maqola, O'tmish, Vatan on March 31, 2011 | Leave a Comment »
BUGUN MADANIYATNI QUTQARING: Ertaga u sizni qutqaradi
Posted in MA'RIFAT, MATBUOT, SIYOSAT, TARIX, tagged Jurnalist, Karim Bahriyev, Madaniyat, Maqola, Ta'lim on March 26, 2011 | Leave a Comment »
Karim BAHRIYEV* Rivoyat: Uzun kechalarda ayvonga chiqib olis yulduzlarga termulganimda: “Shu miltir yulduzlardan narida nima bor ekan?” – deb o’ylardim. Balkim yana yulduzlar bordir. U yulduzlarning ortida-chi? Nima bor ekan? Endi bilaman – qorong’ulik bor, cheksiz-tubsiz zulmat bor… Qorong’ulik izlab, yulduzlardan nariga borish shart emas – uyingizdagi chiroqni o’chirsangiz bas, hammayoq zim-ziyo bo’ladi, darhol zulmat [...]
BOYMIRZA HAYIT: “VATAN SIZLARNIKI BO’LGANI KABI MENIKI HAMDIR”
Posted in MA'RIFAT, TARIX, tagged O'tmish, suhbat, Vatan on February 20, 2011 | Leave a Comment »
Boymirza Hayit asli O’zbekistonning Namangan viloyatidan. Ikkinchi jahon urushida ofitser sifatida ishtirok etib, 1941- yil nemislarga asir tushadi. Nemislar qo’li ostida tashkil etilgan “Turkiston legioni” tarkibida sovetlarga qarshi jang qiladi. Buni u Turkistonni ozod qilish uchun zarur deb hisoblaydi. Urushdan so’ng g’arbiy Germaniyada yashab qoladi. Turksiston tarixi bo’yicha doktorlik ishini himoya qiladi. Turkiston va Markaziy [...]
FAXRIDDIN AR-ROZIY KUFR HAQIDA
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis on February 5, 2011 | Leave a Comment »
Kishi shuni bilmog’i lozimki, ulamolar kufrni ta’riflashda jiddiy qiyinchiliklarga ro’baro’ bo’lishgan. Kufr Payg’ambar (sallallohu alayhi va sallam) aytgan har bir narsaning haqligini inkor etishdan iborat. Bunga Allohning mavjudligini, Uning Ilmi, qudrati, irodasi va birligini yoki har qanday nuqson va kamchiliklardan xoli ekanini inkor etish kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Yoki Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) [...]
Sirlar kutubxonasi (HD Video)
Posted in MA'RIFAT, VIDEO, XORIJ FILMLARI, tagged O'tmish, Videotasvir on January 11, 2011 | Leave a Comment »
Dublyaj sohasida ham mahoratimizni sinab ko’rdik. Odam o’zining ovozini eshitsa, qanaqa chiqqanini bilmas ekan. Balki siz baho berarsiz?
KIMNING AXLOQI GO’ZAL?
Posted in MA'RIFAT, tagged Hadis on November 17, 2010 | Leave a Comment »
Abu Dardo (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): “Yaxshi axloqdan ko’ra tarozini bosadigan hech narsa yo’qdir”, deb marhamat qilganlar. Abdulloh ibn Shu’ayb otasining Rasululloh (s.a.v.)dan shunday bir gapni eshitganini rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): “Men uchun eng sevimli bo’lganingiz va qiyomat kuni menga eng yaqin bo’luvchilaringiz kimligini aytib beraymi?” – deb so’raganlarida, sahobiylar jim turishdi. [...]
IMOM ASH’ARIY O’Z E’TIQODIDAN VOZ KECHGANMI?
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis, O'tmish on November 8, 2010 | Leave a Comment »
© Nuh Ha Mim Keller, 1995 Savol: Salafiylarning da’vo qilishicha, Abul Hasan Ash’ariy Ash’ariy aqidasini Mo’taziylik va Ahli Sunna o’rtasida bo’lgan paytida ishlab chiqqan ekan va keyinroq o’limi oldidan o’z qarashlarini rad etib, Ahli Sunnaning Hanbaliy mazhabiga qo’shilgan ekan. Bunda biror haqiqat bormi? Ularning aytishicha, uning so’nggi kitobi, “al-Ibona” o’sha raddiyalarni o’z ichiga olar ekan. [...]
MUOMALADAGI EHTIYOTKORLIK
Posted in MA'RIFAT, tagged Hadis, So'z on November 5, 2010 | Leave a Comment »
Oyisha, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar: «Bir odam Janobi Payg‘ambarimizning, alayhissalom, yonlariga kirish uchun ruxsat so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam: — Qanday yomon odam bu. Qavmi va yaqinlari yuzidagi dog’dir, — dedilar. Biroq ichkari kirganida unga ochiq chehra bilan muomala qilib, iltifot ko‘rsatdilar. U chiqib ketgach, boshqa bir kishi kirishga ruxsat so‘radi. — Naqadar [...]
RASHK HAQIDA
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis on October 25, 2010 | Leave a Comment »
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallollohu alayhi va sallam: “Albatta, Alloh rashk qiladir. Mo’min ham rashk qiladi. Allohning rashki mo’minning Alloh harom qilgan narsasini qilmog’idan keladir”, dedilar”. Termiziy va Buxoriy rivoyat qilgan.