Shu kuni Toshkentga ketdik: Xalqaro jurnalistika fakultetiga hujjatlarni topshirgani. 2001-yil, 5-iyul Kech soat 22 larda Toshkentdan keldik. Ey Xudo, imkon ber, o’qishga kiraylik… Ha, aytgandek, shu yili mening kitobim chiqdi: she’riy to’plam – “Ko’ngil sadolari”. Bu juda katta voqea, esdan chiqqanini qarang… Eh… 2001-yil, 6-iyul
Posts Tagged ‘Behzod’
ABITURIENT–2001
Posted in KUNDALIK, tagged Behzod, education, O'tmish on October 28, 2010 | Leave a Comment »
I LOVE MY CLASSES
Posted in CHAPEL HILLDA O'TGAN KUNLARIM, KUNDALIK, tagged assignment, Behzod, Chapel Hill, UNC-Chapel Hill on February 23, 2010 | Leave a Comment »
I like every class I am taking this semester at JOMC. In Multimedia Storytelling, we are learning how to produce multimedia stories. The software programs we are learning in this course are Final Cut Pro 7, Flash CS4 Professional, Illustrator CS4, Joomla! 1.5, and Photoshop CS4. We already covered Final Cut Pro 7, and now [...]
IMTIHONLAR, IMTIHONLAR…
Posted in CHAPEL HILLDA O'TGAN KUNLARIM, KUNDALIK, tagged Behzod, Bugun, Chapel Hill, UNC-Chapel Hill on January 9, 2010 | Leave a Comment »
Boshqa joylarda qanaqa, bilmadimu, lekin bizning universitetda xorijlik talabalar o’qishlarini davom ettirishlari uchun TOEFL va GRE imtihonlarini topshirish bilangina qutilmas ekan. O’qishga kelganimga yaqinda bir yil bo’ladiyu, haliyam mening ingliz tilimni tekshiruvchi imtihonlarning adog’i ko’rinmayapti. Nazarimda, bugun so’nggisini topshirdim. Boshqa bu masalada endi bezovta qilishmas, deb umid qilaman. O’qish binomizda bu yilgi yangi talabalarni qutlash uchun [...]
“SHOIR”
Posted in ADABIYOT, tagged Behzod, Bolalik, Do'stlarim, She'r on January 6, 2010 | 4 Comments »
Nozim meni “shoir” deb chaqiradi… U bilan ko’rishmaganimizga 3-4 yil bo’lgandi. Yaqinda yana ko’rishdik. Ko’zimga u biroz kichrayib qolgandek ko’rindi. Keyin bilsam, ozgan ekan. U meni eski odati bo’yicha, o’z ismim bilan emas, “shoir” deb chaqirdi. Bu so’z qulog’imga ajoyib eshitildi. Kulgim qistadi… O’quvchilik yillarim litseydagi do’stlarim hamda ustozlar orasida she’r yozishim bilan taniqli edim. [...]
O’ZIMNI SOG’INDIM
Posted in XAYOLLARIM, tagged Behzod, Bugun, Xayol on January 4, 2010 | 4 Comments »
O’zimni sog’indim. O’zimni yo’qotib qo’ydim chog’i. Bundan bir-ikki yil oldingi Behzodni sog’indim. Hindistonning jaziramasida, xalqaro talabalar uyi yotoqxonasi tomida musulmon do’stlarimiz bilan o’qigan namozlarimni sog’indim. Nima bo’ldi, deb so’ramang. Nima bo’lganini o’zim ham bilmayman… Qalbim goh sokin, goh g’alayonda, gohida turfa o’ylar kurashi girdobida… Hozir esa bo’m-bo’sh. Xudo Sobir, Rahim va G’ofur. Xudo Odil va [...]
YANA BIR YIL O’TDI…
Posted in KUNDALIK, XAYOLLARIM, tagged Behzod, Bugun, Chapel Hill, Vaqt on December 31, 2009 | 2 Comments »
Umrning yana bir dovoni ortda qoldi. Bundan roppa rosa bir yil muqaddam, 2008-yilning 31-dekabr kuni “Ma’rifat” gazetasi tahririyatida o’tiirib, o’tgan yil voqealarini sarhisob qilganimiz va gazetxonlarga kelasi yil xuddi shu kuni yana ushbu sahifa orqali sizlar bilan diydor ko’rishamiz, deya tilaklar bildirganimiz kechagiday yodimda. Shu kunlar yana keldiyu, ammo kaminaga “Ma’rifat” uchun yana bir o’tgan [...]
BIR CHELAK SUT BILAN…
Posted in XAYOLLARIM, tagged Behzod, O'tmish, Qur'on, Xayol on December 10, 2009 | Leave a Comment »
Maktabda o’qib yurgan kezlarim dashtda (tepadagi qirg’iz qishlog’ini shunday deb ataymiz) dehqonchilik qiladigan yerimiz bo’lardi. Yoz oylari mol-hollarni ham o’sha yoqqa oborib qo’yardik. Men, ba’zan, akalarim har kuni borib, mollarimizni sug’orib, boqib qaytardik. Bir yili sog’in sigirimizni ham dashtga qo’yib keldik. Sababi, qishloq bo’lsa ham, uyda mol boqish, ularga yem-xashak topish qiyinlashib ketdi. Shundan so’ng [...]
BOG’CHAGA BORGAN BIRINCHI KUNIM…
Posted in KUNDALIK, tagged Behzod, Bolalik, O'tmish on November 29, 2009 | Leave a Comment »
Bog’chaga birinchi borgan kunim haligacha esimda. To’rt yoshimda bog’chaga borganimni hisobga olsam, 1988-yillar… O’shanda dadam va onam meni va bir yosh katta akam Sherzodni bog’chaga bermoqchi edilar. Lekin borganimizda, yo joy kammidi, yoki bir oiladan faqat bitta odam olisharmidi, ishqilib, ikkalamizdan faqat bittamizni olishlari mumkinligini aytishdi. Ota-onam meni berib, akamni qaytarib olib ketishmoqchi bo’lishdi. Lekin [...]
BOG’CHADA HAM KITOB O’QIYMANMI?
Posted in KUNDALIK, tagged Behzod, Bolalik, O'tmish on November 18, 2009 | Leave a Comment »
Men yoshligimdan o’qishga mehr qo’ygan ekanman. To’rt yoshimda men va bir yosh katta akam bog’chaga boradigan bo’ldik. Uch yosh katta akam esa maktabning 1-sinfiga borayotgan edi. Men maktabda o’qish-yozishni o’rgatishlarini bilardim. Shuning uchun onamdan, bog’chada ham o’qishni o’rgatishadimi, deb so’raganim esimda. Onam yo’q, deb javob berganlarida xafa bo’lib ketgandim. Akamlar maktabga qatnab, o’qish-yozishni o’rganishib olishdi. [...]
BOLALIGIM, SENI SOG’INDIM…
Posted in FOTO-SHARH, tagged Behzod, Bolalik, Foto, O'tmish on November 2, 2009 | Leave a Comment »
Behzod to’rt yoshda… Bolaligini sog’inmaydigan odam bo’lmasa kerak. Albatta, hali qarib yoshimiz bir joyga borib qolmagan bo’lsa ham, lekin hozirdan bolalikning beg’ubor damlari tez-tez yodga tushadigan bo’lib qoldi. Ha, bolalik boshqacha edi. Gunohlardan xolilik, hatto gunohlar, yomonlik qilish hissi yetti uxlab tushingga ham kirmaydigan bir davr. Pokiza bir davr… Keling, bolaligimizni xotirlaymiz. Go’zal damlar, shirin [...]