Feeds:
Posts
Comments

Posts Tagged ‘Bolalik’

ISH KO’P…

Qishloq bo’lgani uchun ham ishlar tugamaydi. Ta’til ham oxirlab qoldi. Yaqinda yangi o’quv yili boshlanadi. Sinfdoshlarimni sog’indim. Ayniqsa, bog’istonlik yoqimtoy Aziz ko’z oldimdan ketmaydi. Farohiddin bir necha marta velosipedda Bog’istonga borib kelaylik, degan edi. Lekin qishloqchasiga aytganda, bunga qo’l tegmayapti. 1999-yil, 14-avgust. . * * * Televizorda bir kurashchining antiqa gapini eshitib qoldim. Menga yoqib [...]

Read Full Post »

HANDALAK YEGIM KELYAPTI

Bog’chada ba’zan bizni sayrlarga olib chiqishardi. Guruh-guruh bo’lib tarbiyachilar boshchiligida turli joylarga borardik. Bir kuni uyimiz oldidan o’tdik. Shundoq darvozamiz oldiga keldik. O’sha paytlar biz tomorqamizda handalak ekardik. Bu payt handalak ayni g’arq pishgan mahal ekan. Katta akam tarbiyachimizga handalak olib chiqib berdi. Keyin biz yana bog’chaga qaytadigan bo’ldik. Shunda men uyda qolishni, bog’chaga qaytib [...]

Read Full Post »

“SHOIR”

Nozim meni “shoir” deb chaqiradi… U bilan ko’rishmaganimizga 3-4 yil bo’lgandi. Yaqinda yana ko’rishdik. Ko’zimga u biroz kichrayib qolgandek ko’rindi. Keyin bilsam, ozgan ekan. U meni eski odati bo’yicha, o’z ismim bilan emas, “shoir” deb chaqirdi. Bu so’z qulog’imga ajoyib eshitildi. Kulgim qistadi… O’quvchilik yillarim litseydagi do’stlarim hamda ustozlar orasida she’r yozishim bilan taniqli edim. [...]

Read Full Post »

JIYANLARIM

Read Full Post »

QUYOSH TUTILDI

Bugun o’n kundan beri butun dunyoda shov-shuv bo’layotgan voqea ro’y berdi. Nima deysizmi? Bir oz shoshmang. Ha, mayli, ayta qolay: Quyosh tutildi. Bir asrda bir marta bo’ladigan g’aroyib tabiat hodisasiga 14 yoshimda guvoh bo’ldim. Bilmadim, endi yana ko’ra olamanmi, yo’qmi. Chunki keyingi to’liq quyosh tutilishi 2081-yilda bo’larakan. Shu kuni sahardan quyosh tutilishini ko’rishga tayyorgarlik ko’rdim. [...]

Read Full Post »

Keyinroq bog’chaga o’rganib qoldim. Akam ham bir oz vaqt o’tib qatnay boshladi. Uch mahal ovqat berishardi. Lekin bog’cha opalarning qizlari, og’illari pechenye va shirinliklarni hammadan ko’p yerdi. Hech kim ularga indamasdi. Chunki ular tarbiyachilarning farzandi edi-da. Bir kuni bog’chamizga tekshiruvchilar keldi. “Bolalar, kimga ovqat va pechenyelarni ko’p berishadi”, deb so’rashdi. Men bog’cha opalarimizning farzandlarini aytib [...]

Read Full Post »

Bog’chaga birinchi borgan kunim haligacha esimda. To’rt yoshimda bog’chaga borganimni hisobga olsam, 1988-yillar… O’shanda dadam va onam meni va bir yosh katta akam Sherzodni bog’chaga bermoqchi edilar. Lekin borganimizda, yo joy kammidi, yoki bir oiladan faqat bitta odam olisharmidi, ishqilib, ikkalamizdan faqat bittamizni olishlari mumkinligini aytishdi. Ota-onam meni berib, akamni qaytarib olib ketishmoqchi bo’lishdi. Lekin [...]

Read Full Post »

Men yoshligimdan o’qishga mehr qo’ygan ekanman. To’rt yoshimda men va bir yosh katta akam bog’chaga boradigan bo’ldik. Uch yosh katta akam esa maktabning 1-sinfiga borayotgan edi. Men maktabda o’qish-yozishni o’rgatishlarini bilardim. Shuning uchun onamdan, bog’chada ham o’qishni o’rgatishadimi, deb so’raganim esimda. Onam yo’q, deb javob berganlarida xafa bo’lib ketgandim. Akamlar maktabga qatnab, o’qish-yozishni o’rganishib olishdi. [...]

Read Full Post »

O’QUVCHILIK YILLARIM…

Bugun dashtdagi makkani chopgani bordik. Akam velosipedda, men esa piyoda. Chunki tepaga ikki kishini tortmaydi. Dashtga maktabimiz oldidan o’tamiz. Meni hayajon qoplab olgan. Chunki bu yo’ldan roppa-rosa sakkiz yil qatnadim-da. Maktabga sakkiz yil shag’al yo’lda qatnadik. Faqat bu yilgina asfalt qilindi. buni sakkiz yil kutdik. Yangi yo’lda yurish endi ukalarimizga nasib qiladigan bo’ldi. Keng yo’lda [...]

Read Full Post »

Behzod to’rt yoshda… Bolaligini sog’inmaydigan odam bo’lmasa kerak. Albatta, hali qarib yoshimiz bir joyga borib qolmagan bo’lsa ham, lekin hozirdan bolalikning beg’ubor damlari tez-tez yodga tushadigan bo’lib qoldi. Ha, bolalik boshqacha edi. Gunohlardan xolilik, hatto gunohlar, yomonlik qilish hissi yetti uxlab tushingga ham kirmaydigan bir davr. Pokiza bir davr… Keling, bolaligimizni xotirlaymiz. Go’zal damlar, shirin [...]

Read Full Post »

Follow

Get every new post delivered to your Inbox.