4:54 Oktabr ham kirib kelibdi. Vaqt suv kabi oqmoqda. Yana bir Ramazon kunini niyat qilib, saharlik qilib chiqdik. Birodarlar, kecha nega “party”da ko’rinmading, deb so’rashdi. 23:05 Bugun hech qayoqqa chiqmadim hisob. Peshingacha uxladim. Uyda Horun Yahyoning “Timelessness and the Reality of Fate” (Vaqtsizlik va taqdir haqiqati) deb nomlangan kitobini o’qiyapman. Judayam qiziq. Modda haqiqati, vaqt, [...]
Posts Tagged ‘Bugun’
Vaqtsizlik va taqdir haqiqati…
Posted in KUNDALIK, tagged Bugun, kitob, Taqdir, Vaqt on May 7, 2011 | Leave a Comment »
NUJ: AFSONA VA HAQIQAT
Posted in CHAPEL HILLDA O'TGAN KUNLARIM, KUNDALIK, tagged Bugun, Chapel Hill, education, Urush on November 15, 2010 | Leave a Comment »
Noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) haqida ko’p eshitganmiz. Go’yoki o’zga sayyoraliklarga tegishli uchar tarelkalarni ko’rganlar haqidagi shov-shuvlar 90-yillar boshida O’zbekiston jurnallarini to’ldirgan edi. NUJlar rostdan bormi? Ilm-fan ular mavjudligini isbotlaganmi? Hozir bu savollarga javob yozmoqchi emasman. Zero, menda, to’g’risi, bularga javob yo’q. Ammo NUJlar AQSh kabi texnologik jihatdan rivojlangan o’lkalarning tajriba loyihalari bo’lishi mumkinligi haqida bir [...]
VATANGA QAYTISH OLDIDAN…
Posted in KUNDALIK, tagged Bugun, Vaqt, Vatan, Xayol on April 20, 2010 | 3 Comments »
Ikkinchi semestr ham nihoyalanib qoldi. Nasib qilsa, bir necha kundan so’ng vatanga qaytaman. Shu kunlar juda bandman. Ketishim oldidan bitirishib kerak bo’lgan ishlarim ko’p. O’qish va safar tayyorgarligi. O’zbekistonda ham meni muhim vazifalar kutib turibdi. Yangi hayot ostonasidan hatlab o’tish arafasidaman… Allohim, qilayotgan ishlarimni men uchun xayrli qil. Yangi hayotga pok bo’lib kirishni va O’zing [...]
UMMON YOQALAB…
Posted in CHAPEL HILLDA O'TGAN KUNLARIM, FOTO-SHARH, KUNDALIK, tagged Bugun, Chapel Hill, Foto on March 9, 2010 | 1 Comment »
Kaminaga okeanni ko’rish nasib etdi. Okeanga tutash shtatda yaqin bir yildan beri yashayapman-u, lekin biror marta borib ko’rishga imkoniyat bo’lmagan edi. Hozir bahorgi ta’tildamiz. Bugun ertalabdan yo’lga chiqib, 3 soatdan ziyod mashinada yurib Atlantika okeani qirg’og’iga yetib keldik. Erta bahorning shabadasi etni junjiktiradigan darajada salqin bo’lsa ham, ayrim yosh-yalang sohil bo’ylab cho’zilgancha xira oftob nurida [...]
DUNYO LARZADA…
Posted in Uncategorized, tagged Bugun, Jahon on February 27, 2010 | Leave a Comment »
Haitidagi zilzilaning shov-shuvi hali OAVning o’g’zidan tushib ulgurmasdan, yana bir dahshatli zizila yuz berdi. Bugun tonggi soat uchlarda Markaziy Chilini kuchi 8.8 ball bo’lgan silkinish 90 soniya davomida larzaga soldi. Hozirgi tasdiqlangan ma’lumotlarga ko’ra, yuzlab odam halok bo’lgan. Bu miqdorning oshishi aniq. Bir millionga yaqin bino zarar ko’rgan. Ushbu yer silkinishi 1900-yildan beri dunyo tarixidagi [...]
SAYT YARATISH QANCHA?
Posted in CHAPEL HILLDA O'TGAN KUNLARIM, IQTISOD, KUNDALIK, tagged Bugun, Chapel Hill, UNC-Chapel Hill on January 13, 2010 | 3 Comments »
Professional sayt yaratish xizmati qancha turadi? Taxminan aytib ko’ringchi? Universitetimizning Huquqhsunoslik maktabi saytini yangilabdi. Bu haqda bugun shahrimizning kundalik “The Daily Tar Heel” gazetasida o’qib qoldim. Diqqatimni tortgan narsa saytni yaratishga ketgan mablag’ning miqdori bo’ldi. Gazetada yozilishicha, ushbu xizmatni amalga oshirgan firmaga 30 000 AQSH dollari to’lashibdi. Saytni tayyorlash ishi esa naqd 18 oy davom [...]
IMTIHONLAR, IMTIHONLAR…
Posted in CHAPEL HILLDA O'TGAN KUNLARIM, KUNDALIK, tagged Behzod, Bugun, Chapel Hill, UNC-Chapel Hill on January 9, 2010 | Leave a Comment »
Boshqa joylarda qanaqa, bilmadimu, lekin bizning universitetda xorijlik talabalar o’qishlarini davom ettirishlari uchun TOEFL va GRE imtihonlarini topshirish bilangina qutilmas ekan. O’qishga kelganimga yaqinda bir yil bo’ladiyu, haliyam mening ingliz tilimni tekshiruvchi imtihonlarning adog’i ko’rinmayapti. Nazarimda, bugun so’nggisini topshirdim. Boshqa bu masalada endi bezovta qilishmas, deb umid qilaman. O’qish binomizda bu yilgi yangi talabalarni qutlash uchun [...]
O’ZIMNI SOG’INDIM
Posted in XAYOLLARIM, tagged Behzod, Bugun, Xayol on January 4, 2010 | 4 Comments »
O’zimni sog’indim. O’zimni yo’qotib qo’ydim chog’i. Bundan bir-ikki yil oldingi Behzodni sog’indim. Hindistonning jaziramasida, xalqaro talabalar uyi yotoqxonasi tomida musulmon do’stlarimiz bilan o’qigan namozlarimni sog’indim. Nima bo’ldi, deb so’ramang. Nima bo’lganini o’zim ham bilmayman… Qalbim goh sokin, goh g’alayonda, gohida turfa o’ylar kurashi girdobida… Hozir esa bo’m-bo’sh. Xudo Sobir, Rahim va G’ofur. Xudo Odil va [...]
YANA BIR YIL O’TDI…
Posted in KUNDALIK, XAYOLLARIM, tagged Behzod, Bugun, Chapel Hill, Vaqt on December 31, 2009 | 2 Comments »
Umrning yana bir dovoni ortda qoldi. Bundan roppa rosa bir yil muqaddam, 2008-yilning 31-dekabr kuni “Ma’rifat” gazetasi tahririyatida o’tiirib, o’tgan yil voqealarini sarhisob qilganimiz va gazetxonlarga kelasi yil xuddi shu kuni yana ushbu sahifa orqali sizlar bilan diydor ko’rishamiz, deya tilaklar bildirganimiz kechagiday yodimda. Shu kunlar yana keldiyu, ammo kaminaga “Ma’rifat” uchun yana bir o’tgan [...]
DOVONNING TO’RTDAN BIRI ORTDA QOLDI
Posted in CHAPEL HILLDA O'TGAN KUNLARIM, KUNDALIK, tagged Bugun, Chapel Hill, Vaqt on December 17, 2009 | Leave a Comment »
Nihoyat bugun birinchi semestrning so’nggi imtihoniga ham yakun yasadim. 17 dona ko’p variantli savollar berildi. O’zbekning bolasiga bundan oson imtihon yo’q. “Axborotnoma” yechaverib ko’zlar pishib ketgan. Shuning uchun bo’lsa kerak, 12:00 da boshlangan imtihondan chiqib soatimga qarasam, 12:10 bo’libdi. Imtihonga bir soatu o’n besh daqiqa vaqt ajratilgan ekan. Noyabrda o’tgan oraliq imtihonda kursning uchdan ikki [...]