Kishi shuni bilmog’i lozimki, ulamolar kufrni ta’riflashda jiddiy qiyinchiliklarga ro’baro’ bo’lishgan. Kufr Payg’ambar (sallallohu alayhi va sallam) aytgan har bir narsaning haqligini inkor etishdan iborat. Bunga Allohning mavjudligini, Uning Ilmi, qudrati, irodasi va birligini yoki har qanday nuqson va kamchiliklardan xoli ekanini inkor etish kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Yoki Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) [...]
Posts Tagged ‘Hadis’
FAXRIDDIN AR-ROZIY KUFR HAQIDA
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis on February 5, 2011 | Leave a Comment »
KIMNING AXLOQI GO’ZAL?
Posted in MA'RIFAT, tagged Hadis on November 17, 2010 | Leave a Comment »
Abu Dardo (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): “Yaxshi axloqdan ko’ra tarozini bosadigan hech narsa yo’qdir”, deb marhamat qilganlar. Abdulloh ibn Shu’ayb otasining Rasululloh (s.a.v.)dan shunday bir gapni eshitganini rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): “Men uchun eng sevimli bo’lganingiz va qiyomat kuni menga eng yaqin bo’luvchilaringiz kimligini aytib beraymi?” – deb so’raganlarida, sahobiylar jim turishdi. [...]
IMOM ASH’ARIY O’Z E’TIQODIDAN VOZ KECHGANMI?
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis, O'tmish on November 8, 2010 | Leave a Comment »
© Nuh Ha Mim Keller, 1995 Savol: Salafiylarning da’vo qilishicha, Abul Hasan Ash’ariy Ash’ariy aqidasini Mo’taziylik va Ahli Sunna o’rtasida bo’lgan paytida ishlab chiqqan ekan va keyinroq o’limi oldidan o’z qarashlarini rad etib, Ahli Sunnaning Hanbaliy mazhabiga qo’shilgan ekan. Bunda biror haqiqat bormi? Ularning aytishicha, uning so’nggi kitobi, “al-Ibona” o’sha raddiyalarni o’z ichiga olar ekan. [...]
MUOMALADAGI EHTIYOTKORLIK
Posted in MA'RIFAT, tagged Hadis, So'z on November 5, 2010 | Leave a Comment »
Oyisha, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar: «Bir odam Janobi Payg‘ambarimizning, alayhissalom, yonlariga kirish uchun ruxsat so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam: — Qanday yomon odam bu. Qavmi va yaqinlari yuzidagi dog’dir, — dedilar. Biroq ichkari kirganida unga ochiq chehra bilan muomala qilib, iltifot ko‘rsatdilar. U chiqib ketgach, boshqa bir kishi kirishga ruxsat so‘radi. — Naqadar [...]
RASHK HAQIDA
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis on October 25, 2010 | Leave a Comment »
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallollohu alayhi va sallam: “Albatta, Alloh rashk qiladir. Mo’min ham rashk qiladi. Allohning rashki mo’minning Alloh harom qilgan narsasini qilmog’idan keladir”, dedilar”. Termiziy va Buxoriy rivoyat qilgan.
ALLOHNING MULKI KENG
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis on March 25, 2010 | Leave a Comment »
Abu Zarr G’iforiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taolo: “Ey, bandalarim! Men zulm qilmoqni o’zimga harom qilganman va shu zulm qilmoqni sizlarga ham harom qildim. Binobarin, sizlar bir-birlaringizga zulm qilmangizlar. Ey, bandalarim, sizlar kechayu-kunduz gunoh bo’ladigan ishlarni qilasiz. Men hech parvo qilmay, gunohlarni kechiraveraman. Shuning uchun uni kechirmoqni faqat o’zimdangina so’rang. Ey, [...]
BUXORIY VA MUSLIMDAN MUSTAQIL HADIS O’RGANISHNI MASLAHAT BERASIZMI?
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis, Tarjima on March 15, 2010 | Leave a Comment »
© Nuh Ha Mim Keller, 1995 Har qanday musulmon Buxoriy va Muslimdan yolg’iz o’zi yoki boshqalar bilan birga hadis o’qib foyda ko’ra oladi. Hadis o’rganish borasida Shayx Shuayb al-Arnaut – u bilan hozir men va ayolim imom Suyutiyning “Tadrib al-roviy” (“Hadis roviysining mashqlari”) asarini o’qiyapmiz – hadis ilmining ulkan va murakkab adabiyot ekanligini, u ma’lumotlarning [...]
MUSULMON MUSULMONNING KO’ZGUSIDIR
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis on March 11, 2010 | Leave a Comment »
Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: “Har bir mo’min banda o’z birodarining ko’zgusidir. U birodarida bir aybni ko’rsa, o’zida bo’lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak”. Imom Buxoriy, “Al-adab al-mufrad”
NIMA UCHUN MUSULMONLAR MAZHABLARGA ERGASHADI?
Posted in MA'RIFAT, tagged Din, Hadis on January 23, 2010 | Leave a Comment »
©Nuh Ha Mim Keller 1995 Mazkur maqola 1994 va 1995-yillarda AQSH, Kanada va Angliyada berilgan suhbatlar asosida tayyorlangan. Bu marosimlarda tushgan savollar orasidan eng ko’p uchraydiganlariga quyidagi satrlarda javoblar beriladi. Qur’on va hadisdan shar’iy hukmlar chiqaruvchi mujtahid imomlarning ishlari bir necha yillar davomida mening tadqiqot mavzuyim bo’lib keladi. Mazkur davr mobaynida mendan ba’zan shunday savol [...]