Eshitdimki, shu kunlarda ko’p yashagan qari chol Keksa boshi bilan o’ylab, bo’libdi bir qiz olmoq. Bir go’zalga sovchi qo’ymish, oti ekan Marvarid, Qutichaga yashirmoqchi el ko’zidan ko’p yiroq. To’y-marosim kunlarida hamma narsa jo-bajo, Ammo sinmish chol hassasi birinchi hamladayoq. Qalin mato tikmak uchun po’lat igna kerakdir, Chol kamonin tortgan bilan mo’ljalga bormas yaroq. Do’stlariga hasrat [...]
Posts Tagged ‘She’r’
Manzuma*
Posted in ADABIYOT, tagged She'r, She'riyat on January 9, 2011 | Leave a Comment »
TURKIY DUNYO
Posted in ADABIYOT, tagged She'r, Turkiy, Vatan on October 18, 2010 | 2 Comments »
Ayrim fojiali fitnalar munosabati bilan Adhat SINO’G’IL* Turkiy dunyo! Loqayd dunyo! Uyalinglar, turkiylar! “Turkiy” deya aytuvdan ham Qay bir zotlar hurkirlar. “Panturkchi” deb bizga yorliq Taqqan zotlar hurkisin. Birlik bo’lsa – tiriklik bor, Turkiy dunyo, birlik sen! Birikkil sen beton kabi, Dushmanlaring dimiqsin! Ular kutar, intiq kutar Bitishingni chirib sen!
TA’NALARGA TO’LDI OSIYO
Posted in ADABIYOT, tagged Ayol, She'r on March 6, 2010 | Leave a Comment »
O’zlarini solmish bozorga, Qizlar yomon, qizlar behayo. Barchinoylar, Kumushlar qani, Ta’nalarga to’ldi Osiyo. Ne ham deyman, haqsiz ehtimol, Chirqiragan go’daklar guvoh. Lekin insof bilan ayting-chi, Og’ajonlar, kimdadir gunoh? Siz Alpomish bo’lganingizda, Biz Barchinoy bo’lmasmi edik?! “Otabeklar” yuztuban ketgach, Aqlimizni pishirib yedik! Mehriniso KUBAYEVA, 1992-yil.
ELINGNI QUTQAR
Posted in ADABIYOT, tagged She'r, Vatan on January 28, 2010 | 2 Comments »
Sababni qil, musabbibni unutma, Haqiqat shul erur, teskari ketma. Dema “O’zgarmas olam, ish bitibdur”, Na bo’lgay ertangi kun, kim bilibdur? Hayotingni tuzatmoqqa sabab qil, Vatanni qutqarishning chorasin bil. Birinchi chorasi – ilm o’qumoqdur, Jaholat boshiga to’qmoq tayoqdur. Jaholat ajratdi bizni Vatandin, Vatan yolg’iz emas ham jonu tandin. Bo’lar ish bo’ldi, endi kimligingni, Unutma, ey o’g’lon, [...]
“SHOIR”
Posted in ADABIYOT, tagged Behzod, Bolalik, Do'stlarim, She'r on January 6, 2010 | 4 Comments »
Nozim meni “shoir” deb chaqiradi… U bilan ko’rishmaganimizga 3-4 yil bo’lgandi. Yaqinda yana ko’rishdik. Ko’zimga u biroz kichrayib qolgandek ko’rindi. Keyin bilsam, ozgan ekan. U meni eski odati bo’yicha, o’z ismim bilan emas, “shoir” deb chaqirdi. Bu so’z qulog’imga ajoyib eshitildi. Kulgim qistadi… O’quvchilik yillarim litseydagi do’stlarim hamda ustozlar orasida she’r yozishim bilan taniqli edim. [...]
YOSHLIGIM!
Posted in ADABIYOT, tagged She'r on December 25, 2009 | Leave a Comment »
Dengizlarni quchgim keladi, Samolarda uchgim keladi. Vujudimni parchalab mingga Bu olamga sochgim keladi. . G’ayratimdan tog’lar qulagay, Nafasimdan bog’lar gullagay, Yuragimning tomirlarida To’fon shovqini shovullagay. . Quloch ochsam, ko’ksim yorilib, Mudroq armonlarim tirilib, Orzularim qaynab chiqadi Lahja-lahja cho’g’ga aylanib. Portlatadi cho’kma alamni, Kuydirib yo’q qiladi g’amni. Pok orzular qanot chiqarib, Olib ketar birga olamni. Berilib [...]
KO’NGIL ZIYOKORI
Posted in ADABIYOT, tagged She'r on November 25, 2009 | Leave a Comment »
(Ustozim Ravshan Xizirga) Zim-ziyo yo’llarda shamchiroq bo’lib, Bilim ummoniga bir qirg’oq bo’lib, Nurli sohillarga tik so’qmoq bo’lib Hayotga boshladi, aziz Ustozim. Qo’limga tutqazdi ilm kalitin, O’qishga undadi hayotning xatin. Yashashga ishonchim yaratib butun Hayotga boshladi, aziz Ustozim. Yangi olamlarga intildim shitob, Qo’limda kitobim aylagach xitob. Yangi dunyoimga beraman hisob: Hayotga boshladi, aziz Ustozim Qalbimning mudragan [...]
AJAB AQLI RASO YORING, GO’ZAL XULQLI QAMAR BO’LSA…
Posted in ADABIYOT, tagged Oila, She'r on November 19, 2009 | Leave a Comment »
Ajab aqli raso yoring, go’zal xulqli qamar bo’lsa, Tavozeli, malak siymo, nasab garchi bashar bo’lsa. Bo’lib ozoda hovlisi, biram uylar saranjomlig’, Idishlar tozadur, o’rni sarishta ham basar bo’lsa. Xato qilsa o’git bersang, ko’zin doim tikib erga, “Tasadduqman, begim” , deb ul, so’zing chin mo’tabar bo’lsa. Tabassumlig’, qaboq chitmas, ishi Tangri rizosidur, “Fidodur” – der –”shirin [...]
SOG’INCH
Posted in ADABIYOT, tagged She'r on November 1, 2009 | Leave a Comment »
Ichim to’la g’alati bir his, Bilmay qoldim, nima yashirin. O’ylarimdan qolar dardli iz – Tolmoqdaman olgan sari tin. Yolg’iz qoldim, boshlanar bu hol. Xayolimdan sirqir qora qon. Ishlarimdan qo’l siltab darhol Ketgim kelar bosh oqqan tomon. Vujudimda horg’in iztirob, Dardlarimni dardga o’rayman. Ruhim bo’lib qoldimi betob? O’z-o’zimdan shuni so’rayman. Keng dalaga yo’limni bursam, Yotsam bag’rim [...]