Haitidagi zilzilaning shov-shuvi hali OAVning o’g’zidan tushib ulgurmasdan, yana bir dahshatli zizila yuz berdi. Bugun tonggi soat uchlarda Markaziy Chilini kuchi 8.8 ball bo’lgan silkinish 90 soniya davomida larzaga soldi. Hozirgi tasdiqlangan ma’lumotlarga ko’ra, yuzlab odam halok bo’lgan. Bu miqdorning oshishi aniq. Bir millionga yaqin bino zarar ko’rgan.
Ushbu yer silkinishi 1900-yildan beri dunyo tarixidagi beshinchi eng katta zilzila sifatida baholandi. Kuchi 9.5 ball bo’lgan jahonning eng katta zilzilasi ham 196o-yili aynan Chilida sodir bo’lgan.
Zilzila oqibatida Tinch okeanida katta to’fonning yuzaga kelgani xabar qilinmoqda. Uning ko’p ehtimol bilan Yaponiya yoki Rossiya qirg’oqlariga borib urilishi yoki AQSHga qarashli Havayi oroliga xavf solishi haqida jiddiy ogohlantirishlar bor.
Chilida favqulodda holat e’lon qilindi. Zilzilaning keyingi to’lqinlari hali ham davom etmoqda. Aholi sarosimada.
Bir oy ichida dunyo ikkita katta zilzilaga guvoh bo’ldi. Birgina Haiti zilzilasining o’zi yuz minglab odamni halok qildi. Aksari ertaga o’lik bo’lishi yetti uxlab tushiga kirmagan holatda vafot topdi…
Добавить комментарий