Toshkand shahriga bir necha daf’a kelgan oqil va fozillikda mashhur Buxoro amirini elchisi Hisomiddin miroxur ushbu dekabr oyini yigirma to‘rtinchi kuni Toshkand shahrig‘a dohil bo‘lub ro‘zi shanba general gubernatorg‘a ko‘runush aylab janob amirdin kelturg‘on maktublarini topshurdi. Va mazkur elchi Toshkand shahrida general Ostruvuyning hovlisig‘a tushtilar.
“Turkiston viloyatining gazeti”, 1871-yil 29-dekabr
Оставьте комментарий